Yurtim bolasi

Oʻn sakkiz ming olam sevinch, nolasi,
Hayrati, umidi, alami bilan
Sen dunyoga kelding, yurtim bolasi,
Oʻn sakkizinchi million rakami bilan.
Onang Uzbekiston seni oʻradi
Yanvar dalasining oq yoʻrgagiga.
Senga alla aytdi keksa samovot
Egilib zaminning belanchagiga.
Hozir kimdir senga tikmokda libos,
Kim sen yashar uyga ilk gʻisht qoʻymoqda.
Kichkina joningga lekin kay gʻanim
Yuz ming megatonli bomba kuymokda.
Sertashvish asrda dunyoga kelding,
Ona yurtingga hech boʻlmagan oson.
Bukun ham bir qoʻlda seni ardoqlab,
Bir kuli boshingda ushlagan qalqon.
Maksad manziliga yoʻl mushkul, olis,
Jannat bulgancha yuk bu aziz tuproq.
Falak tokidagi yulduzlar kancha,
Koʻksimizda umid yuz karra koʻproq.
Men ham umid bilan tongda sheʼr bitdim,
Sen - yangi mexmonning bahonasida.
Un besh yoshga kirib oʻqirsan shoyad
Ikki minginchi yil ostonasida.
Hozir esa yigʻla, qichqir, ovozing
Taralsin dunyoning har toʻrt yogʻiga.
Murgʻak vujud bilan bong ur til boʻlib
Bokiy omonlikning qoʻngʻirogʻiga.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!