Juma ayomingiz muborak

Yetti kunning sultoni juma muborak boʻlsin,
Qalblarda iymonu ibodat boʻlsin.
Bu kunda niyatlar ijobat boʻlsin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!
Aytmoq istab sizga gaplarim.
Tentirayman parishon xalak.
Ikki dunyo orasin ochgan.
Aziz doʻstim juma muborak.
Sochlariga oq tushgan onam.
Otam uchun soʻrayman tilak.
Akam, ukam, opa singillar .
Aziz doʻstim juma muborak.
Moʻminni sevdirgan mehr muborak,
Roʻzada asqotgan sabr muborak.
Bundanda ajoyib bundanda goʻzal,
Ming kundan ulugʻroq «juma» muborak!..
Allohning rahmati bir sizga boʻlsin,
Umringiz islomning nurila toʻlsin.
Shukrkim yetkazdi ulug‘ kunlarga,
Ushbu «juma» ayyom muborak boʻlsin.
Juma ul ayyom juma muborak,
Hajj ul masokin juma muborak.
Bu kunni sogʻinsang iymon muborak,
Jumlayu momindga juma muborak.
Oʻqigan namozlarimiz ijobat bulsin.
Xayot yoʻllarimiz ziyoga toʻlsin,
Baxt va omad sizga yor boʻlib
Juma ayyomimiz muborak boʻlsin
Mendan ibodatu Sendan ijobat,
Mandan itoatu Sendan hidoyat,
Mendan qanoatu Sendan baroat
Yolgʻiz madadkorim, parvardigorim.
Savobu gunohim bilguvchi oʻzing,
Umrimni, rizqimni berguvchi oʻzing,
Imonimni butun etkuvchi oʻzing
Yolgʻiz xaloskorim, parvardigorim.
Qilgan gunohlarim kechir, xudoyim,
Obi kavsaringdan ichir, xudoyim,
Borar yerimni keng bichir, xudoyim
Sensan najotkorim, parvardigorim.
Sizni suysin paygʻambarlar sardori,
Siz ham boʻling ul jannatning gavhari.
Ollohdan soʻraylik ezgu bir niyat,
Azizim bu kun «juma muborak»
Jumlayi moʻminga jumadur bu kun,
Jonlangay bu kunda iymon hilqati.
Muslima ayyol qiz taom ulashing,
Bu kunda 1 soat savobdur buttun.
Bu kuni qabirda soʻroq boʻlmagay,
Shu kunni islomda bayram atalgay.
Qalblar bir lahza shirin tin olgay,
Bu kun jumadur ummat yigʻlagay.
Muborak kunlarda boʻlgani kabi,
Haq yodi bezasin har kunimizni.
Har damda, har qadam har soniyada,
Allohim panohida asrasin sizni!
Sayyidul ayyom juma muborak!
Ollohning iymon nurlarini sochayotgan ushbu kunida,
Sizga namozning ulugʻi,
Sajdaning eng halovatlisi,
Savobning eng mukofotlisi,
Farishtalarning eng muhabbatlisi va ollohimning sevgisi yor boʻlsin.
Juma ay muborak boʻlsin.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!