
Smartfon foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan savollardan biri — tezkor quvvatlash (fast charging) texnologiyasi batareyaga zarar yetkazadimi, yo‘qmi? Xitoylik YouTube blogerlar ushbu savolga ilmiy asoslangan javob topish maqsadida ikki yil davom etgan keng qamrovli tajriba o‘tkazishdi.
Tadqiqot doirasida ular 40 ta turli smartfon: iPhone, Samsung Galaxy, Xiaomi, Oppo, Vivo va boshqa brendlarning modellari ustida sinov o‘tkazildi. Qurilmalar ikki guruhga ajratildi: biri oddiy, ikkinchisi esa tez zaryadlovchi adapterlar yordamida har kuni to‘liq zaryadlandi.Natijalar kutilmagan darajada ijobiy bo‘lib chiqdi. Ha, tez quvvatlash jarayoni batareya kuchiga ta’sir ko‘rsatadi, ammo bu farq nihoyatda kichik: 500 ta to‘liq zaryadlash siklidan so‘ng quvvat sig‘imi 1 foizdan biroz kamaygan. Boshqacha aytganda, farq amaliy jihatdan sezilmagan. Demak, bu tajriba zamonaviy batareyalar va ularni boshqaruvchi mikrosxemalar haqiqatan ham ancha ilg‘or ekanini ko‘rsatadi.

