Baxrom Nazarov - Qaramading

Yuragimni chizib berdim, qaramading,
Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
Hayotimning har lahzasin qoʻllaringga
Kiprigingday tizib berdim, qaramading.
Qaramading, indamading, oʻylamading,
Yurakkinam ezib-ezib hech qonmading.
Iztirobdan tanu jonim yonib ketdi,
Sen toshmiding, temirmiding, hech yonmading?
Qaramading, indamading, oʻylamading,
Yuragimni ezib-ezib hech qonmading.
Iztirobdan tanu jonim yonib ketdi,
Sen toshmiding, temirmiding, hech yonmading?
Yuragimni chizib berdim, qaramading,
Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
Hayotimning har lahzasin qoʻllaringga
Kiprigingday tizib berdim, qaramading.
Gar kuy boʻlsang, qaysi tordan taralgansan?
Koʻzgu boʻlsang, qay tomonga qaralgansan? (x2)
Anglolmadim, bilolmadim, muhabbatda
Men sen uchun, sen kim uchun yaralgansan? (x2)
Yuragimni chizib berdim, qaramading,
Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
Hayotimning har lahzasin qoʻllaringga
Kiprigingday tizib berdim, qaramading.
Yuragimni uzib berdim, qaramading,
Orzuyimni suzib berdim, qaramading.
Oʻtmishimni, kechmishimni boshdan oyoq,
Vayronadek buzib berdim, qaramading.
Yuragimni chizib berdim, qaramading,
Xaritasin tuzib berdim, qaramading.
Hayotimning har lahzasin qoʻllaringga
Kiprigingday tizib berdim, qaramading.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!