Baxrom Nazarov - Pari

Ne goʻzaldir, aqlim hayron,
Koʻrdim-u nogoh boʻldim parishon,
Boʻldim parishon.
Ne gʻazaldir, koʻzi jayron,
Qayrilib boqsa asta men tomon,
Aylanmas zabon.
Bu pari-pari, shu pari-pari
Kimning dilbari?
Yori bormi, zori bormi
Koʻnglida balki.
Oʻzim Majnunman boʻlsa u Layli. (x2)
Oshiq yurak ishq deb halak,
Duch keldi oxir men kutgan malak,
Baxtimdan darak.
Hijron bekor, dil umidvor,
Oʻziga tanho boʻlsam oʻzim yor,
Aylab baxtiyor.
Bu pari-pari, shu pari-pari
Kimning dilbari?
Yori bormi, zori bormi
Koʻnglida balki.
Oʻzim Majnunman boʻlsa u Layli. (x2)
Hey, bu pari-pari, shu pari-pari
Koʻnglim dilbari.
Yori boʻlay, bori boʻlay
Yonida mayli.
Oʻzim Majnunman u boʻlsa Layli.
E, bu pari-pari, shu pari-pari
Koʻnglim dilbari.
Yori boʻlay, bori boʻlay
Yonida mayli.
Oʻzim Majnunman, u boʻlsin Layli.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!