Bojalar guruhi - Momo

Yuragimda jaranglaydi
Mungli bir navo,
Axtaraman, topolmayman
Dardimga davo. (x2)
Muhabbat deb shoʻrlik yurak
Koʻrdi koʻp jafo,
Jondan ortiq suygan yorim
Ekan bevafo. (x2)
Chaling, momo, chaling,
Doʻmbirangizni chaling,
Gʻam-anduhni unutib,
Bir raqs tushay.
Chaling, momo, chaling,
Doʻmbirangizni chaling.
Ayting, momo, endi
Usiz qandoq men yashay?
Qizil roʻmolini ilib,
Mani azobga doʻst qilib,
Muhabbatim oʻyin qilib,
Ketdi u bagʻrimni tilib.
Qizil roʻmolini ilib,
Mani azobga doʻst qilib,
Muhabbatim oʻyin qilib,
Ketdi bagʻrimni voy tilib.
Sira topa olmam chora,
Yuragim boʻldi pora.
Momo, doʻmbirangiz chaling,
Koʻngil yengil topsa zora. (x2)
Chaling, momo, chaling,
Doʻmbirangizni chaling,
Gʻam-anduhni unutib,
Bir raqs tushay.
Chaling, momo, chaling,
Doʻmbirangizni chaling.
Ayting, momo, endi
Usiz qandoq men yashay? (x1+x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!