🎵 Qoʻshiq matni

Doston Ergashev - Koʻzmunchogʻim

1 daqiqa 13 marta oʻqildi
Doston Ergashev - Koʻzmunchogʻim

Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Mendek oshiq-gʻarib qolib,
Boyga koʻzing suzilibdi.
Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.

Uchding boyning tillosiga,
Uch-toʻrt kunlik yallosiga.
Hayolilar vafo qilar
Oʻzi suygan shaydosiga.

Tillolarga toʻymadingmu?
Meni ham bir oʻyladingmu?
Sovgʻa qilgan koʻzmunchogʻim
Boy qoʻynida oʻynadingmu?

Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Mendek oshiq-gʻarib qolib,
Boyga koʻzing suzilibdi.
Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.

Shayton bilan dugonasan,
Endi menga begonasan.
Mayli, yasha hoy-havasning
Ortidan sen giryonasan.

Kiyganing kimliging aytar –
Boʻlibsan hayvondan battar.
Menku beling quchmagandim,
Egningni shamollar siltar.

Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Tillolarga toʻymadingmu?
Meni ham bir oʻyladingmu?
Sovgʻa qilgan koʻzmunchogʻim
Boy qoʻynida oʻynadingmu?

Uchding boyning tillosiga,
Uch-toʻrt kunlik yallosiga.
Hayolilar vafo qilar
Oʻzi suygan shaydosiga.

Tillolarga toʻymadingmu?
Meni ham bir oʻyladingmu?
Sovgʻa qilgan koʻzmunchogʻim
Boy qoʻynida oʻynadingmu?

Koʻzmunchogʻim, qoʻlingdagi
Koʻzmunchogʻing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.
Mendek oshiq-gʻarib qolib,
Boyga koʻzing suzilibdi.
Koʻzmunchogʻim, sovgʻa qilgan
Koʻzmunchogʻing uzilibdi. (x1+x1)

Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!