Jololiddin Axmadalev - 19 yoshim

Qismat hasratimga qoʻydi uch nuqta
Koʻksimni yondirdi lovullagan choʻg‘
Bitta koʻrib olay bir nafas toʻxta
Koʻzingni men qaytib koʻramanmi, yoʻq
Toʻxta qaytib beray mehringni ol ma
Endi begonasan jonim tasadduq
Xalaqit bermayman xavotir olma
Sen tushgan joylarga kelamanmi, yoʻq
Hay-har oʻlan, jon oʻlan, jonim oʻlan
Yor-yor aytib beray toʻyingda shoʻx-shoʻx
Lekin birov koʻrsa nima der ekan?
Shu uchun toʻyingga ham boramanmi, yoʻq (2x)
Hazil niyatmas ortiqcha aldov
Xohlasang qalbimni qoldiray toʻliq
Endi menga koʻngil kerak boʻlmasov
Men yana birovni sevamanmi, yoʻq
Afsus, afsuslar ham anduhdek malol
Toʻgʻri nishoniga borib tekkan oʻq
Yaxshisi yigʻlatma, kel kuldiraqol
Kim biladi boshqa kulamanmi, yoʻq
Hay-har oʻlan, jon oʻlan, jonim oʻlan
Yor-yor aytib beray toʻyingda shoʻx-shoʻx
Lekin birov koʻrsa nima der ekan?
Shu uchun toʻyingga ham boramanmi, yoʻq (2x)
Faqat sen baxtiyor boʻlishing kerak
Menmi, bir gap boʻlar, koʻnglingni qil toʻq
19 yoshimda qon boʻldi yurak
Hali yigirmaga kiramanmi, yoʻq
Hay-har oʻlan, jon oʻlan, jonim oʻlan
Yor-yor aytib beray toʻyingda shoʻx-shoʻx
Lekin birov koʻrsa nima der ekan?
Shu uchun toʻyingga ham boramanmi, yoʻq
Shu uchun toʻyingga ham boramanmi, yoʻq
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!