TEZkOR QUVVATlASh SMARTFON BATAREYASINI O'LDIRADIMi?"

Smartfon foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan savollardan biri — tezkor quvvatlash (fast charging) texnologiyasi batareyaga zarar yetkazadimi, yo‘qmi? Xitoylik YouTube blogerlar ushbu savolga ilmiy asoslangan javob topish maqsadida ikki yil davom etgan keng qamrovli tajriba o‘tkazishdi.

Tadqiqot doirasida ular 40 ta turli smartfon: iPhone, Samsung Galaxy, Xiaomi, Oppo, Vivo va boshqa brendlarning modellari ustida sinov o‘tkazildi. Qurilmalar ikki guruhga ajratildi: biri oddiy, ikkinchisi esa tez zaryadlovchi adapterlar yordamida har kuni to‘liq zaryadlandi.Natijalar kutilmagan darajada ijobiy bo‘lib chiqdi. Ha, tez quvvatlash jarayoni batareya kuchiga ta’sir ko‘rsatadi, ammo bu farq nihoyatda kichik: 500 ta to‘liq zaryadlash siklidan so‘ng quvvat sig‘imi 1 foizdan biroz kamaygan. Boshqacha aytganda, farq amaliy jihatdan sezilmagan. Demak, bu tajriba zamonaviy batareyalar va ularni boshqaruvchi mikrosxemalar haqiqatan ham ancha ilg‘or ekanini ko‘rsatadi.

Himoya oynasi iPHone 17 ekranining afzaliklari

Apple kompaniyasining yangi iPhone 17 seriyasi ilg‘or Ceramic Shield 2 texnologiyasi bilan jihozlanib, yorug‘likning aks etishini deyarli ikki baravarga kamaytiruvchi yangilangan ekran qoplamasiga ega. Ushbu qoplama quyosh nurini qaytaradigan antireflektiv qatlamni o‘z ichiga oladi. Natijada ekran hatto kuchli quyosh nuri ostida ham ancha tiniq, tasvir sifati buzilmaydigan va qulay ko‘rinishni ta’minlaydi.

Biroq mutaxassislar kutilmaganda bir muammoni qayd etishdi. Astropad kompaniyasi o‘tkazgan laboratoriya sinovlariga ko‘ra, oddiy himoya oynalaridan foydalanilganda iPhone 17 ekranining quyosh nuriga qarshi qatlami deyarli ishlamaydi. Ya’ni foydalanuvchilar yangi texnologiyaning afzalliklaridan foydalanish o‘rniga, aksincha oldingidan ham ko‘proq yorug‘likni aks ettiradigan

Популярные новости